Biz haqimizda

    Chortoq kurorti O‘zbekiston Respublikasi Namangan viloyatida, Chotqol tog‘ tizmasining janubiy yonbag‘rida, dengiz sathidan 623m balandlikda Chortoq Soy daryosi vodiysida joylashgan va Farg‘ona artezian havzasiga kiradi (Farg‘ona artezian havzasi - Tyan-Shan tog‘lari bilan o‘ralgan yirik tog‘lar aro botiq).

       1953 yili chuchuk suv manbaini ochish maqsadida 507 metr chuqurlikda 32-sonli quduq ochilgan. Unda chuchuk suv o‘rniga xlorid-sulfat-natriy tarkibli subtermal (+30oC) ma'danli suv topilgan.  Undagi mineral suvlar tarkibi   2,6 - 3,0 g/l, pH = 7,8 ni tashkil etadi. Bu ko‘rsatkichlar Chortoqdagi 32-sonli quduqning suvini mashhur Truskavets kurortidagi 7-sonli quduq mineral suvining o‘xshashi deb hisoblash imkonini  berdi. Uni ovqat hazm qilish tizimi, jigar, o‘t yo‘llari, oshqozon osti bezi xastaliklari va qandli diabetni davolash uchun qabul qilishadi, shuningdek ushbu suv oshqozon, o‘n ikki barmoqli ichak va ichaklarni yuvish uchun, tyubaj va mikroklizmalar qilish uchun ishlatiladi. 

       O‘z tarixi mobaynida 32-sonli quduqdan olingan Chortoq mineral suvi bir necha turlicha shaklda chiqarilgan.  O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikga erishgach, xorijiy hamkorlar bilan birgalikda qo‘shma korxonalar tuzish imkoniyati paydo bo‘ldi.  Xususan, «Buncra BV» (Niderlandiya) kompaniyasi tomonidan kiritilgan investitsiyalar va mahalliy asoschilar  tufayli ma'danli buloq negizida suvni shisha idishlarga quyish zavodi tashkil etildi. Qurilish  2016 yilning iyunida boshlanib, oktyabr oyida tugatildi.  «Chortoq Mineral Water» MCHJ qo‘shma korxonasida   «JK Engineering Co., Ltd. » (Koreya Respublikasi) kompaniyasining eng zamonaviy, barcha andozalarga javob beruvchi  asbob-uskunlari o‘rnatilgan.  

       32-sonli quduqdan olingan mineral suv ikki marotaba faol ko‘mir bilan tozlanadi, sung uch bosqichda turli aralashmalardan xalos etiladi, ultrabinafsha nurlar bilan zararsizlantiriladi va uglerod ikki oksidi bilan boyitiladi. Shundan so‘ng yashil rangdagi shisha idishlarga quyiladi, bu esa mahsulotni salbiy tashqi ta'sirlar, ayniqsa quyosh nurlaridan himoyalashga   xizmat qiladi.

 

«Chortoq» - TABIIY HAYOT MANBAI.

       Ma'danli ichimlik suvi ichga qabul qilinganda ovqat hazm qilish tizimining sekretsiyaga oid, harakatga soluvchi va so‘rish funksiyalarida ijobiy o‘zgarishlarni ta'minlaydi va shu tufayli ovqat hazm qilishning butun jarayonini yo‘lga soladi.  Shuningdek suv tufayli  ovqat xazm qilish traktida shilimshiq moddaning suyulishi, patologik jihatdan o‘zgargan to‘qimalarning ko‘chishi sodir bo‘ladi, trofika jarayoni yaxshilanadi.  U biologik suyuqliklarning ion tarkibi, organizm mikroflorasi, ovqat hazm qilish tizimidagi biokimyoviy jarayonlar kechishiga, shuningdek oqsil, uglevod, yog‘ va suv-tuz almashinuviga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.  Shu bilan birga alohida fermentlarga  barqaror tarkibdagi ionlarning ta'siri tufayli ularning  faolligi ortadi. Har qanday mineral suvni qabul qilishdan olingan samara uning tarkibida mavjud kimyoviy elementlar va iste'mol qilish usullariga bog‘liq bo‘ladi. 32-sonli quduqdan olingan xlorid-sulfat-natriyli  “Chortoq” suvi og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach va oshqozonga mexanik, termal va kimyoviy ta'sir ko‘rsatadi va shu tariqa oshqozon shirasi ajralishini yaxshilaydi. O‘n ikki barmoqli ichakka tushganda bu suv oshqozon bezlari sekretor funksiyasini tormozlaydi.