Savol berish

Savol va javob

Savol:

Nima uchun «Chortoq» mineral suvi gazlanadi?

Javob:

Suvni gazlash - bu uni tabiiy konservant hisoblangan  karbonat angidrid (СO2) gazi bilan boyitish demakdir. Mahsulotning saqlash muddatini uzaytirish va kerakli masofalarga transport yordamida yetkazish imkoniyatiga ega bo‘lish uchun suv gazlanadi.

Ma'danli suv quduqdan iliq holda olinadi va o‘ziga xos hid va ta'mga ega bo‘ladi. Buloqdan olingan mineral suvga  hech qanday ishlov berish mumkin emas, aks holda uning barcha foydali va noyob xususiyatlari yo‘qoladi. Shu boisdan bunday suvni faqat gazlash va sovutish mumkin. Sovuq gazlangan suv oddiy suyuqlikka nisbatan chanqoqni ancha yaxshiroq qondiradi.

Aholining ayrim toifalariga gazlangan suv va ichimliklarni iste'mol qilish qat'iy ma'n etilgan. Masalan, oshqozon-ichak tizimi xastaliklari, semizlik, allergik xastaliklarga chalingan insonlar, shuningdek 3 yoshgacha bo‘lgan bolalar shular jumlasidan.  Bunday holatlarda avval shishani ochib, gazni chiqarib yuborish, so‘ng suvni ichish tavsiya etiladi. Sog‘lomlashtirish va davolash maqsadida bunday suvni gazlanmagan (ya'ni gazini chiqarib yuborgan) va sovutilmagan holda ichish mumkin.