Ichimlik mineral suvi bilan davolash

Oshqozon

Kasallik:

Funktsional dispepsiya (gastralgiya, xavo bilan kekirish) GERK (jig'ildon qaynashi). Oshqozon va o'n ikki barmoq ichak yara kasalligi

Tavsiyalar:

Kuniga 2-3 maxal, +40-45°C darajadagi suvni ovqatlanishdan 1-1,5 soat oldin 250-300ml, bir varaqaiga

Davolash omili:

Og'riq qoldiruvchi, giposekretor

Kasallik:

Surunkali gastritlar oshqozonning normal va yuqori shira ishlab chiqarishida.

Tavsiyalar:

Kuniga 3 maxal, +40oC darajadagi suvni bir yarim stakandan ovqatlanishdan 1-1,5 soat oldin katta xo'plamlar bilan

Davolash omili:

Ogrik koldiruvchi, giposekretor.

Kasallik:

Surunkali gastritlar oshqozonning shira ishlab chiqarishi pasayganda.

Tavsiyalar:

Kuniga 3 maxal, +37-38oC darajadagi suvni 150-200ml. dan ovqatlanishdan 15-30 daqiqa oldin kichik xo'plamlar bilan.

Davolash omili:

Gipersekretor, spazmolitik.

Ichak

Kasallik:

Ichak kasalliklari - gipotonik va gipokinetik komponentli ichak diskineziyasi.

Tavsiyalar:

Ma'danli suvni 1 stakandan kuniga 3 maxal, ovqatlanishdan 40-60 daqiqa oldin beriladi. Gipotonik xolatlarda 20-25oC darajada. Ichak diskineziyasining gipertonik va giperkinezik xolatlari ustunligida, 40-45oC darajali suv ½ stakandan ovqatlanishdan 15-20 daqiqa oldin 100-150 ml. dan 3 maxal beriladi.

Davolash omili:

Yalliglanishga qarshi Ichak xarakatini kuchaytiruvchi spazmolitik.

Jigar

Kasallik:

Jigar kasalliklari (gepatit, gepatoz)

Tavsiyalar:

Kuniga 3 maxal, ovqatlanishdan 1,5-2,0 soat oldin (+40-45oC) asta-sekin o'sib boruvchi me'yorda bir ichganda 1,5-2 stakandan

Davolash omili:

Jigar xujayralari funktsiyalarini tiklaydi, jigarning o't ishlab chiqarish funktsiyasini faollashtiradi

O't qopi

Kasallik:

Surunkali toshsiz xoletsistitda

Tavsiyalar:

2-3 marta 20-30 daqiqali oraliq bilan +40-45oC darajada 250 ml.gacha

Davolash omili:

Biliar tizimning o't ajratish funktsiyasini yaxshilaydi

Kasallik:

O't kopi diskineziyasi

Tavsiyalar:

Kuniga 3 maxal, ovqatlanishdan 60 daqiqa oldin 42-44oC darajada 200 ml. gacha

Davolash omili:

Xoleretik va xolekinetik.

Oshqozon osti bezi

Kasallik:

Surunkali pankreatit

Tavsiyalar:

Kuniga 3 maxal, 100-150 ml. dan. ovqatlanishdan 60 daqiqa oldin 38-40oC darajada

Davolash omili:

Ovkat xazm qilishini yaxshilaydi

Kasallik:

Semirish

Tavsiyalar:

Xona xaroratidagi suvni bir yarim-ikki stakandan 3 maxal ovqatlanishdan 45-60 daqiqa oldin.

Davolash omili:

Lipidlar almashuvini yaxshilaydi, xolesterin darajasini pasaytiradi

Kasallik:

Qandli diabet

Tavsiyalar:

Ikki stakandan ovqatlanishdan 45-60 daqiqa oldin kuniga 3 maxal

Davolash omili:

Uglevod modda almashuvini yaxshilaydi

Siydik-tanosil tizimi

Kasallik:

Siydik-tanosil tizimi kasalliklari

Tavsiyalar:

Suv faqatgina isitilgan holatda (40°C gacha) och qoringa, ovqatlanishdan yarim soat oldin.

Davolash omili:

yallig'lanishga qarshi, spazmolotik