Shifobaxsh-ichimlik ma'danli suvni qo‘llash usullari.

 Ma'danli suvning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi kimyoviy elementlar va birikmalar (tuzlar va ionlar) tarkibi bilan belgilanadi.  “Chortoq” mineral suvi ancha murakkab tarkibga ega, shu boisdan uning organizmga ta'siri juda ko‘p qirrali.  Shuningdek ta'sir darajasi suvni qabul qilish usuliga bog‘liq bo‘lishi mumkin. “Chortoq” shifobaxsh-ichimlik suvini ham chanqoqni qondirish uchun (suv xona haroratida bo‘lishi lozim), ham uy sharoitlarida davolash uchun ishlatish mumkin. Quyida bir nechta usullar ko‘rsatib o‘tiladi. 

       Shifobaxsh-ichimlik ma'danli suvini shifokorlar tomonidan buyurilganda bir nechta omil hisobga olinadi: bemorning umumiy holati, kasallikning kechishi va xususiyatlari, oshqozon shirasi tarkibidagi kislota miqdori.    32-sonli quduqning suvi  tana vaznining har kilogrammiga 3,5-4 ml hisobidan   kuniga uch mahal  buyuriladi (150-250 ml). Mineral suvni  50-100 ml miqdorida icha boshlab,  dozani 2-3 kun davomida normaga yetkazish lozim. 

       ● Оshqozonni ma'danli suv bilan yuvish.

       Surunkali gastritda shilimshiq modda yig‘ilib qolgan, oshqozon devorlari yetarli darajada harakatchan bo‘lmagan holatda, ichaklar siqilishi yoki    pilorus (lot. Pylorus - oshqozon bo‘yni, oshqozonni o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tadigan joyi, oshqozon suyuqligining o‘n ikki barmoqli ichakka bo‘lib-bo‘lib yetkazilishini boshqaradi) torayishi holatida, shuningdek ich qotishida buyuriladi.

       Haftada  2 marta,   4-5 ta muolajadan iborat kurs sifatida buyuriladi.

       ● Mineral suv bilan duodenal drenaj. 

        O‘t pufagi va o‘t chiqish yo‘llari kasalliklarida o‘n ikki barmoqli ichakka zond kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi.

        Kurs 4-5 ta muolajadan iborat (haftasiga 2 muolaja). Mineral suv +40oC darajagacha ilitilgan holda yuboriladi.

 

       ● Tyubaj - suvning o‘t yo‘llari va pufagi bo‘ylab zond qo‘llamasdan turib reflektor o‘tishi yo‘li bilan yuvish usuli.

       Muolaja ertalab och qoringa o‘tkaziladi, davomiyligi  1,5 soatga yaqin. 200 ml. hajmidagi suvni  +40oC darajagacha ilitib,  1-2 qoshiq  ksilit qo‘shiladi. Bemor  avval o‘ng yonboshiga iliq grelka qo‘yib, so‘ng shu biqinini bosib yotishi kerak. Suvni 20-30 daqiqa davomida kichik ho‘plab ichish kerak. Kurs 6-8 muolajadan iborat.

       ● Ichakni yuvish.

       Spastik (ichak siqilishi bilan bog‘liq), atonik (mushaklar faoliyati susayishiga oid), diskeneziya bilan bog‘liq ich qotishlar; ichak kengayishi va cho‘zilishi kabi tug‘ma nuqsonlar; ichak zaharlanishi; o‘t pufagi va oshqozon osti bezi xastaliklari bilan bog‘liq nuqsonlar; teri kasalliklarida buyuriladi.

       Kurs haftasiga ikki marta  4-6 ta muolajadan iborat. 

       ● Ma'danli suvdan foydalanib mikroklizmalar qo‘yish.

       Ichakni ma'danli suv bilan yuvish mumkin bo‘lmagan holatlarda (ichak shilliq pardasi eroziyasi, yarali kasalliklar, bavosil) mikroklizma tayinlanadi. 

       Kurs   6-7 muolajadan iborat.

       Davolashdan keyin 3-4 oy mobaynida muolajalar takrorlanishi mumkin.  Biroq, shuni unutmaslik kerakki, ma'danli suvning me'yordan ortiq iste'mol qilinishi salomatlik uchun zarar bo‘lishi mumkin. 

 

QO‘LLASH UCHUN KO‘RSATMALAR:

       ● reflektor ezofagit: dispeptik, disfagik va aralash turlar (yaxshilanish davrida);

       ● surunkali gastritda sekretor yetishmaslik va gastritning boshqa turlari  (remissiya davrida);

       ● oshqozon va o‘n ikki barmoqli ichakning yara xastaligi (remissiya davrida);

       ● oshqozon, o‘n ikki barmoqli ichak xastaliklari   (jarrohlikdan keyingi davrda);

       ● surunkali kolit  va yengil hamda o‘rta darajali enterokolit (remissiya davrida);

       ● ichak diskineziyasi yoki atoniyasi, ich qotishi va ich ketishi;

       ● surunkali gepatit, xoletsistit, angioxolit;

       ● o‘t pufagi va o‘t chiqish yo‘llari diskineziyasi;

       ● perigastrit, periduodenit, perigepatit, perixoletsistit, perikolit (sil bilan bog‘liq bo‘lmagan surunkali shishlar, oshqozon bo‘shlig‘i jarrohliklari) (o‘tkir shakllardan tashqari);

       ● pankreatit;

       ● 1-2 darajali qandli diabet;

       ● bo‘qoq.