Mutaxassislar tavsiyalari

XAMRABAYEVA FERUZA IBRAGIMOVNA.

Tibbiyot fanlari doktori, professor, Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti terapiya fakulteti dekani, «Gastroenterologiya va fizioterapiya» kafedrasi mudiri.

       - Suvning inson hayotidagi ahamiyati beqiyos. Iste'mol hajmi bo‘yicha suv faqat havoga bo‘lgan ehtiyojdan keyingi o‘rinda turadi, oziq ovqat mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojdan esa hattoki ustun hisoblanadi.  Organizmdagi molekulalar soni bo‘yicha suv birinchi o‘rinni egallaydi. 

       Ko‘p terlash paytida  organizm tomonidan anchagina miqdorda tuzlar yo‘qotiladi. Chuchuk suvni iste'mol qilish bu yo‘qotishlarni qayta tiklashda  yordam bermaydi, shu boisdan tuzlarning kamayib ketishi jarayoni sodir bo‘ladi va bu holat  har qanday organizmga salbiy ta'sir etadi. Aynan shunday holatlarda o‘rta darajada ma'danlashgan suvni iste'mol qilish o‘rinli  (mineral tuzlar miqdori 1 dan 10 g/l.gacha). Obi-hayotning bu turi   shifobaxsh-ichimlik mineral suvlari sifatida tavsiflanadi. Shisha idishlarga quyilgan “Chortoq” ma'danli suvi shunday xususiyatga ega  va ichimlik suvi sifatida tobora ko‘proq qo‘llanilmoqda.  Yoqimli ta'mdan tashqari bu mahsulot chuchuk suvga nisbatan karbonad angidrid gazi va bir qator boshqa afzalliklari bilan ajralib turadi.  Mineral suv tarkibida mavjud tuzlar osmotik samarani pasaytiradi, aynan shu boisdan  “Chortoq” suvini ichimlik suvi sifatida bir necha oy mobaynida iste'mol qilish mumkin. Xlorid sulfati qo‘shilgan xlorid-natriy-magniyli tarkib ham ahamiyatli. Uning ta'siri ko‘pgina ichki a'zolar, shuningdek oshqozon, oshqozon osti bezi, jigar, o‘t pufagi va ichak ishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi. U yallig‘lanishga qarshi kuchli ta'sirga ega va natijada organizmda qon yangilanishiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.  Bu mineral suv tanadagi ishqor va kislota miqdorini me'yorga solishga va qon bosimini barqarorlashtirishga xizmat qiladi.

       Shuni ham ta'kidlash joizki,   “Chortoq” suvini qabul qilish terining turli xastaliklarida uning holatiga, tarangligi, sezuvchanligi va boshqa xususiyatlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.  Bunday suv tarkibiga kiruvchi ma'danlar organizmga yuqori darajada singuvchan bo‘ladi, shu boisdan ular metabolizmni yaxshilab, almashinuv jarayonlariga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.  Ma'danli suvning qandli diabetdan aziyat chekayotgan insonlarga foydasi shu bilan asoslanadi.  U shuningdek semirish paytida foydali bo‘lishi mumkin, chunki inson organizmida yog‘larning yo‘q qilinishiga xizmat qiladi, bu esa tana vaznining me'yorga kelishini ta'minlaydi. Mahsulotning buyrak va tanosil tizimi uchun foydasini ham ta'kidlash lozim.  

       Xulosa qilib, shuni aytish mumkinki,  “Chortoq” mineral suvi ajoyib tiklovchi va shifobaxsh xususiyatlarga ega, shuningdek butun inson organizmiga ijobiy ta'sir ko‘rsatadi.

MAMATVALIYEVA DILOROM ORTIQOVNA.

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi “Chortoq sanatoriysi” MCHJ oliy toifa terapevti.

       - “Chortoq” sanatoriysida 1998 yildan beri ishlab kelaman. Ko‘p yillar mobaynida bu yerga davolanishga kelgan insonlarni kuzatib boraman. Ishonch bilan aytishim mumkinki, bizning shifobaxsh ichimlik suvimiz ovqat hazm qilish a'zolarini sog‘lomlashtiradi va ularning ishini yaxshilaydi.  Bundan tashqari uning iste'molidan so‘ng oqsillar, uglevodlar, suv va tuzlar almashinuvi jarayonida yaxshilanish kuzatiladi. Bu esa butun organizm uchun muhimdir. 

       “Chortoq” mineral suvi ishlab chiqarilishining yo‘lga qo‘yilishi ko‘pgina  xastaliklarning oldini olish va O‘zbekiston Respublikasi aholisini umumiy sog‘lomlashtirishda muhim o‘rin tutadi.

SHOMURODOV DILMUROD

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi “Chortoq santoriysi” MCHJ dermatologi.

       Sanatoriyda   1984 yildan beri ishlayman va o‘z tajribamga tayangan holda “Chortoq” mineral suvini teri bilan bog‘liq turli muammolarni bartaraf etishdagi yuqori samaradorligini ta'kidlay olaman.  Allergik dermatit, eshak yemi, qichishish,  ekzema, psoriaz kabi mummolarga e'tibor bersangiz, shuni tushunish mumkinki, ularning kelib chiqishida oshqozon, ichak, jigar va safro yo‘llarining qo‘shimcha kasalliklari muhim o‘rin tutadi.   Ushbu suvni oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolash maqsadida iste'mol qilish  xurujlarning ancha kamayishi, ayrim hollarda esa teri kasalliklarining  butkul davo topishiga olib keladi. Masalan, o‘t pufagi va safro yo‘llarini ma'danli suv yordamida tyubaj qilish  usuli yordamida teri toshmalari va qizarishini yo‘qotish mumkin, shuningdek teri  yumshab, silliqlashadi va taranglashadi.  Ko‘pgina bemorlar “Chortoq” suvi tufayli xastaliklaridan forig‘ bo‘lib, bir necha yil davomida sanatoriyga qayta-qayta keladilar.

       Endilikda “Chortoq” shifobaxsh ichimlik suvini iste'mol qilish imkoniyati respublikamizning butun hududida paydo bo‘lishidan xursandmiz.